Ispaniya hukumati Kataloniya muxtoriyati rahbari Karles Puchdemon o‘zining javob maktubida mustaqillik masalasini oydinlashtirmaganidan afsusdaligini bildirdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Muqaddam Ispaniya federal hukumati Kataloniya rahbariyati oldinga mustaqillik e’lon qilinishi masalasida vaziyatni tushuntirib berishni so‘ragan edi. Ammo, qirollik bosh vazirining o‘rinbosari Sorayya Sayens de Santa-Mariya javob maktubda bu holatlar oydinlashtirilmaganini ta’kidlab o‘tdi.
U Kataloniyadan 19-oktabrga qadar vaziyatni oydinlashtirishni talab qildi.
Muqaddam Karles Puchdemon bosh vazir Mariano Raxoyga maktub yo‘llab, unda qirollik va muxtoriyat o‘rtasida muloqot o‘tkazishni taklif qilgan edi. Maktubda u Kataloniya qanday maqomda ekanligini tushuntirib o‘tmadi.
Izoh (0)