2019-yilga kelib Kontinental Xokkey Ligasiga (KXL) qo‘shilishni rejalashtirayotgan “Binokor” xokkey klubi ta’sischisi va bosh murabbiyi Alisher Azimov “Olamport” nashriga intervyu berdi.
2019-yil Toshkentning “Binokor” xokkey klubi KXL a’zosiga aylanishi mumkin
Uning so‘zlariga ko‘ra, shu yilning o‘zidayoq O‘zbekiston Xokkey Federatsiyasi tashkil etilishi mumkin. Bu esa “Binokor” klubiga xalqaro arenalarda o‘z omadini sinab ko‘rish imkoniyatini beradi.Azimovning oydinlik kiritishicha, “Binokor” xokkey klubi a’zolari Toshkentdagi muz saroylarining birida mashg‘ulot o‘tkazib keladi va asosan Qozog‘istondagi turnirlarda ishtirok etadi.
KXL g‘oyasi rejamizda bor. Barchasi “Xumo Arena” ishga tushganidan so‘ng aniq bo‘ladi. Ochilish marosimida biz o‘zbek xokkeychilari nimalarga qodir ekanligini namoyish qilib bermoqchimiz. Maqsadimiz — jiddiy. KXLda ishtirok etish uchun yigitlarimizda kuch va iqtidor yetarli.“Binokor”ni kuchaytirish uchun bir necha oy muqaddam ijtimoiy tarmoqlarda e’lon berilgan bo‘lib, bu taklifga bir qator murojaatlar kelib tushgan. Faoliyatini Rossiyada davom ettirayotgan o‘zbekistonlik xokkeychilarning bir nechtasi Toshkent klubida shayba surish niyati borligini ma’lum qilgan. Shuningdek, AQSh, Belarus va Qozog‘istonda xokkey o‘ynayotgan o‘zbekistonliklar ham o‘zini tavsiya qilgan.Alisher Azimov, “Binokor” klubi bosh murabbiyi
1968-yilda tug‘ilgan Alisher Azimov o‘z vaqtida “Binokor” bolalar sport klubida xokkey sir-asrorlarini o‘rgangan. U O‘zbekistonga xokkeyni qaytarish uchun mehnat qilayotganlar yetakchisi. “Binokor” klubini qayta ta’sis etgan, ayni paytda uning bosh murabbiyi ham hisoblanadi. Faoliyati davomida bir qator chet el ligalarida shayba surgan.
Izoh (0)