Qatar Yulduzlar Ligasida to‘p surayotgan ikki o‘zbekistonlik futbolchi jamoalari 4-turda o‘zaro to‘qnash keldi.
Unda Temurxo‘ja Abduxoliqovning “As-Sayliya” klubi irodali g‘alabani qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “As-Sayliya” hozircha faqatgina 1 ta uchrashuvda imkoniyatni boy bergan. Sanjar Tursunov o‘ynaydigan “Al-Haraytiyat” esa bor-yo‘g‘i 1 ochko bilan xavfli zonaga tushib qolgan.
O‘zbekistonlik futbolchilar uchrashuvda 90 daqiqadan harakat qildi. Temurxo‘ja Abduxoliqov 40-daqiqada hisobni tenglashtiruvchi golga mualliflik qilib, mavsum davomidagi gollari sonini 4 taga yetkazib oldi.
To‘purarlar poygasida Abduxoliqov 5 marta muvaffaqiyat qozonib ulgurgan peshqadam “Umm Salal” futbolchisi Sagbodan ortda. Qatar milliy termasi a’zosi Sebastyan Soriya, o‘tgan mavsum to‘purari Al-Arabi va “As-Sayliya”ning yana bir vakili Vagner Ribeyro hisobida ham 4 tadan gol bor.
Qatar Yulduzlar Ligasi 4-tur bellashuvi 14-oktabr, shanba
Izoh (0)