Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya shtabi IShID jangarilari Suriyaning Rakka shahrini tark etishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: AFP

Foto: AFP

Aytilishicha, qabila oqsoqollari koalitsiyaga hamda “Suriya demokratik kuchlari” guruhi rahbariyatiga murojaat etib, Rakkada jangarilar evakuatsiyasini o‘tkazishga, shu bilan yana qon to‘kilishining oldini olishga ruxsat berishni so‘ragan.

Ular evakuatsiya jangarilar tirik qalqon sifatida foydalanadigan tinch fuqarolarning jonini saqlab qolish imkonini berishini ta’kidlab o‘tdi.

AP’ga ko‘ra, o‘tgan hafta shaharda 4 ming tinch fuqaro turgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yevropaning qator davlatlari Istanbuldagi konsulligini yopdi. Turkiya to‘qqizta davlat elchisini TIVga chaqirtirdi
Mahalliy
Deputat Jahongir Ziyayev “xalqning ustidan kulayotgani” haqidagi xabar yolg‘on ekanini aytdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi