Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iroq prezidenti Fuad Ma’sum kurd rahbariyatiga Bag‘dodning Kirkuk viloyati masalasidagi ultimatumini yetkazish uchun Sulaymoniyaga (Iroq Kurdistoni) keldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Fuad Ma’sum.

Fuad Ma’sum.
Foto: Reuters

Rûdaw telekanali manbalariga ko‘ra, Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy boshchiligidagi mamlakat hukumati 6 talabni ilgari surdi va ularni bajarish uchun 15-oktabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 02:00 gacha muhlat berdi.

Mazkur talablarga ko‘ra, Kirkuk aeroporti, viloyatdagi barcha neft konlari, K-1 harbiy aviabazasi nazorati va janglarda asir olingan IShID jangarilari hukumat kuchlariga topshirilishi lozim.

Kurd ko‘ngillilari Iroq qurolli kuchlari IShID 2014-yilda Kirkukni bosib olgunga qadar egallagan marralariga qaytishiga qarshilik qilmasligi zarur. Shuningdek, Kirkuk viloyati gubernatori Najmiddin Karim iste’foga chiqarilishi talab qilingan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Maslahatlar
Shirinliklar o‘rniga nima iste’mol qilish mumkin? Qaddi-qomatga zararsiz tavsiyalar