Xitoy rasmiylari mamlakat hududida amalga oshirilgan transport loyihalari orasida eng qimmati bo‘ladigan Ibin — Panchjixua tezkor avtomagistrali qurilishini boshladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Zhongguo Sinvenvan axborot portaliga ko‘ra, loyihaga 88,6 milliard yuan (13,4 milliard dollar) sarflanishi ko‘zda tutilgan.
Sichuan provinsiyasidagi tog‘li hududdan o‘tadigan avtotrassaning umumiy uzunligi 450 kilometrdan oshadi. Yo‘lning har bir kilometri 200 million yuanga (30 million dollardan oshiq) tushadi. Obyekt qurilishining yakunlanish sanasi hozircha ma’lum qilinmadi.
Yangi trassa tufayli Xitoydagi eng yirik Yanszi daryosining quyi oqimi boshlanadigan Ibin shahri kon-ruda va gidroenergetika resurslariga boy Panchjixua shahri bilan bog‘lanadi. Shuningdek, Myanma va Laos bilan chegaradosh bo‘lgan qo‘shni Yunnan provinsiyasiga tovarlar yetkazish uchun transport kommunikatsiyalari yo‘nalishi ochiladi.
Izoh (0)