Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

13-oktabr kuni Gruziya parlamenti navbatdan tashqari yig‘ilish chog‘ida prezident tomonidan yangi konstitutsiya loyihasiga o‘rnatilgan vetoni (taqiqni) yengib o‘tdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Ovoz berishda muxolif fraksiyalar vakillari ishtirok etmadi, ular zalda “Oyoqosti qilingan konstitutsiya” deb yozilgan plakat ko‘tarib chiqdi.

Prezident Georgiy Margvelashvili parlamentga o‘z tuzatishlarini yo‘lladi, negaki yangi konstitutsiyani jamoatchilik va muxolifat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan deb hisoblagan edi. Margvelashvili, agar parlamentdagi ko‘pchilik uning fikriga qo‘shilsa, mamlakatda “murosa hujjati” bo‘lishini ta’kidladi.

Yangi konstitutsiya Gruziyaning parlament respublikasiga aylantiradi va prezident vakolatini sezilarli darajada qisqartiradi. Konstitutsiya bir yildan so‘ng, prezident saylovidan so‘ng kuchga kiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi