Tinch okeanida shakllangan “Xanun” tropik po‘rtanasi Filippin, Xitoy janubi va Vyetnam shimoli uchun xavf tug‘diradi. Bu haqda Gonkong meteoxizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Hozirda siklon epimarkazi Filippinning Luson orolida bo‘lib turibdi va kuch yig‘ib, g‘arbiy yo‘nalishda harakatlanmoqda.
Meteoxizmatga ko‘ra, po‘rtana 16-oktabr, dushanba kuni Xitoyning Xanan kurort oroliga yopirilishi mumkin. Ertasiga “Xanun” Vyetnam qirg‘oqlariga yetib boradi.
Izoh (0)