Osiyo Boks Konfederatsiyasi o‘zining Facebook sahifasiga qit’a termalarining Jahon Chempionatlaridagi natijalari aks etgan statistikani joyladi, deb yozdi “Olamsport”.
O‘zbekiston boks terma jamoasi ortda qolgan 12 ta Jahon chempionatida qanday ishtirok etgan?
Bu borada Qozog‘iston va O‘zbekiston termalari Osiyo yetakchilari ekanini ko‘rish mumkin. 1993-yildan boshlab Jahon Chempionatlaridagi ishtirokini boshlagan bu mamlakatlar qolganlardan ancha o‘zib ketgan.Qozog‘istonlik charm qo‘lqop ustalari hozirgacha Jahon Chempionatida 11 ta oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 6 ta tashkil qiladi. Xitoy va Janubiy Koreya bokschilari ulardan keyingi o‘rinlarni band etib turibdi.
Izoh (0)