Elizabet-Siti shahridagi (Shimoliy Karolina shtati) qamoqxonadan qochishga urinish chog‘ida ikki mahbus ikki qo‘riqchini o‘ldirdi va o‘n kishini yaraladi. Bu haqda Shimoliy Karolina jamoat xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Qochishga urinish Elizabet-Siti axloq tuzatish muassasasida amalga oshirilgan. Qamoqxonaning tikuv ustaxonasiga o‘t qo‘yilgan. Bir nechta xodim yaralangan”, — deyiladi boshqarmaning Twitter’dagi sahifasida. “Qochishga urinish davomida ikki nafar xodim o‘ldirilgan”, — deya aniqlik kiritadi boshqarma.
Jabrlanganlar Elizabet-Siti shifoxonasiga yetkazilgan. Shimoliy Karolina jamoat xavfsizligi boshqarmasi mahbuslardan hech biri qochishga muvaffaq bo‘lmaganligini ma’lum qildi. Hozirgi paytda 729 kishi jazoni o‘tayotgan axloq tuzatish muassasasi qat’iy izolyatsiya rejimiga o‘tkazilgan.
Izoh (0)