Suriyaning shimoli-sharqiy qismida 12-oktabr kuni xudkushlar tomonidan bir nechta terakt sodir etildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Teraktlar oqibatida kamida 50 kishi vafot etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, xudkushlar minalashtirilgan avtomobilni portlatgan.
Yaradorlar soni aniq emas. O‘z navbatida inson huquqlariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha monitoring markazi 18 kishining halok bo‘lganini ma’lum qilgan.
Boshqa manbalar esa qurbonlar 50 nafardan ko‘proq bo‘lganini tasdiqlagan.
Terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan
Izoh (0)