Qo‘shma Shtatlar YuNESKOga qaytish imkoniyatini istisno etmaydi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti vakili Xezer Nauert ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“YuNESKO qaytishimizni, o‘zini isloh etishni, tayanch nuqtasi — ta’lim va madaniyatga qaytishni istasa, bunday imkoniyatni ko‘rib chiqishimiz mumkin”, — dedi Nauert.
AQSh 2018-yil 31-dekabrgacha YuNESKO a’zosi bo‘lib qoladi, 2019-yildan boshlab esa kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh rasmiylari YuNESKOdan chiqish haqida qaror qabul qildi va buni tashkilotda tub islohotlar o‘tkazish hamda u yerdagi “Isroilga nisbatan noxolislikka” barham berish zarurati bilan izohlagandi.
Izoh (0)