Urugvay terma jamoasi hujumchisi Edinson Kavani JCh—2018 saralashining CONMEBOL mintaqasida to‘purar bo‘ldi.
Faoliyatini “PSJ” safida davom ettirayotgan hujumchi Urugvay uchun 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va jamoasining Rossiya mundiali uchun chipta qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shdi.
Kavanining “PSJ”dagi jamoadoshi Neymar to‘purarlar orasida yo‘q. Bu borada 222 millionlik futbolchi kuchli beshtalikka ham kira olmagan. Braziliya termasi safida “Manchester Siti” hujumchisi Gabriel Jesus 7 ta gol urib, nisbatan yaxshiroq natija qayd etganini ko‘rish mumkin.
Shuningdek, Argentina hujumchisi Lionel Messi, chililik Aleksis Sanches, ekvadorlik Filipe Kaysedo kabi futbolchilar ham 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Messi o‘zining 3 ta golini aynan so‘nggi turda urib, Argentinani Jahon Chempionatiga olib chiqishga muvaffaq bo‘lgandi.
Izoh (0)