Jaguar Land Rover kompaniyasi Range Rover 2018 flagmanini rasman taqdim etdi. U 404 ot kuchiga va 220 kilometr/soat tezlikka ega, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Eksteryerda radiator panjarasi, bamperlar, orqa chiroqlar va bosh chiroq faralar o‘zgardi. Salonda yangi o‘rindiqlar paydo bo‘ldi.
Shuningdek, salon Jaguar Land Rover’ning ikkita o‘n dyuymli sensorli ekranga ega Touch Pro Duo axborot-ko‘ngilochar tizimi bilan ta’minlangan.
Range Rover’ning gibrid modifikatsiyasida ikki litrli to‘rt silindrli 300 ot kuchi quvvatini beradigan Ingenium dvigateli hamda 116 ot kuchiga ega elektrik motor bor. Ularning umumiy quvvati 404 ot kuchiga yetadi.
Avtomobil 6,8 sekundda 100 kilometr/ soat tezlikka erishadi.
Shunigdek, Range Rover SVAutobiography Dynamic versiyasi 565 ot kuchiga ega V8 benzinli motori bilan ta’minlangan bo‘lib, u 5,4 sekundda 100 kilometr/soat tezlikka chiqadi.
Izoh (0)