Vazirlar Mahkamasining 7-oktabrdagi qarori bilan Fuqarolar yig‘inining “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozadi Norma.
Tuzatishlarga ko‘ra, endi jamoatchilik tuzilmasi rahbari fuqarolar yig‘ini raisi va hududiy ichki ishlar organining profilaktika inspektori tavsiyanomasiga asosan ichki ishlar organlari tomonidan kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
Buning uchun u:
- jamoatchilik tuzilmasi safida kamida bir yil mobaynida rahbarlik qilgan;
- 30 yoshdan oshmagan;
- sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha ichki ishlar organi xodimining majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan;
- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni yoxud oliy ta’lim muassasalarida harbiy tayyorgarlikni o‘tagan bo‘lishi kerak.
Izoh (0)