Yevro—2016 da sensatsion yurishni amalga oshirib, yarim finalga qadar yetib borgan Uels terma jamoasi JCh—2018 da ishtirok etmaydigan bo‘ldi.
Ben Devis, Jo Allen, Endryu King, Aaron Remzi, Garet Beyl kabi yulduzlari bor jamoa so‘nggi turni Kardiffda Irlandiyaga qarshi o‘tkazib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Tomonlarning Dublinda kechgan birinchi o‘yinida hisob ochilmagandi — 0:0.
Mazkur g‘alaba irlandlarga pley-offda o‘ynash imkoniyatini taqdim etdi. Ya’ni, ular umidni saqlab qoldi. O‘z uyida Gruziyani qiyinchilik bilan taslim qilgan Serbiya esa Rossiyaga boradigan baxtlilar qatoriga kirdi.
JCh—2018. Saralash “D” guruhi. 10-tur 9-oktabr, dushanba
Serbiya — Gruziya 1:0
Gol: Aleksandar Priyovich, 74 (1:0).Uels — Irlandiya 0:1
Gol: Jeyms Makklin, 57 (0:1).Moldova — Avstriya 0:1
Gol: Luis Shaub, 69 (0:1).Chetlatish: Artur Ionitsa, 55 (M).JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar:Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Misr, Polsha, Islandiya, Serbiya.