Rio—2016 Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan, keyingi yili esa Gamburgdagi Jahon Chempionatida g‘olib chiqqan bokschi Shahram G‘iyosov bilan suhbat “Olamsport” nashrida chop etildi.
Suhbat davomida jurnalist Gulmira G‘ulomova Shahramga futbolga oid savol berdi. Bunda u agar boks yulduzi futbolchi bo‘lganida, Xitoy yoki Janubiy Koreya darvozasiga gol ura olarmidi yoki yo‘q — qiziqdi.
Savolingiz juda joyiga kelib tushdi. Men futbolni juda yaxshi ko‘raman. Agar bokschi bo‘lmaganimda, aniqki futbolni tanlardim. Hozirgacha erishgan yutuqlarimdan kelib chiqib aytaman: futbolda ham natija ko‘rsata olardim! Chunki o‘zimga bo‘lgan ishonch yuqori! Bu esa muvaffaqiyatim omili bo‘lardi.Shahram G‘iyosov, bokschi
O‘z navbatida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi mamlakat futbolchilari haqida tanqidiy fikr bildirdi, ular shuncha e’tibor va ko‘makdan keyin ham natija ko‘rsata olmayotgani haqida aytdi.
Nega yevropalik futbolchilar gol uradi, biznikilar esa yo‘q? Bizni ulardan qayerimiz kam? Yoki bizga nima yetishmaydi?Avvalroq futbolchilarni og‘ir atletika bo‘yicha Olimpiada va jahon chempioni Ruslan Nuriddinov ham tanqid qilib chiqqan, keyinroq O‘zbekiston milli terma jamoasining sobiq futbolchisi Timur Kapadze unga javob qaytargandi.Prezidentimiz sport uchun barcha imkoniyat eshiklarini ochib qo‘ygan. Nega ular shundan ham foydalana olmaydi? Bunga javob bitta: futbolchilar o‘z ustida ishlamadi va yetarlicha mehnat qilmadi. Bu ularni yomonlash emas, men shunchaki iltimos qilmoqdaman.
Xalqimiz gapirdi, ishondi, afsuski, foyda bo‘lmadi. Boksga e’tibor kuchayganiga 3—4 yil bo‘ldi va natija darhol ko‘zga tashlandi. Futbolga e’tibor berila boshlanganiga necha yil bo‘ldi?! Hukumat qanchadan-qancha qaror va farmonlar e’lon qildi. Yetar endi, qachongacha davom etadi bu! Vatanimiz sha’ni uchun jon kuydirish vaqti keldi! Biz o‘zbekmiz — bu o‘ziga xon, o‘ziga bek degani. Biz hamma sohada bek ekanimizni ko‘rsatishimiz shart!
Shahram G‘iyosov, bokschi
Izoh (0)