Shu yilning 6—16-dekabr kunlari BAA klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatiga mezbonlik qiladi. Unda besh kontinentning eng yaxshi jamoalari qatorida, BAA chempioni “Al-Jazira” ishtirok etadi.
Bir necha soat avval musobaqaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Doimgidek, pley-off bosqichi mezbon mamlakatning chempion jamoasi va Okeaniya chempioni “Oklend Siti” o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi. Uning g‘olibi esa chorak finalga yo‘l oladi.
Klublar o‘rtasidagi JCh BAA 6—16-dekabr
Pley-off“Al-Jazira” — “Oklend Siti”
Chorak finalA. “Pachuka” — Afrika chempioniB. Pley-off g‘olibi — Osiyo chempioni
Yarim finalLibertadores chempioni — A juftlik g‘olibi“Real Madrid” — B juftlik g‘olibi
Ko‘rinib turganidek, Janubiy Amerikaning chempion klubi va Yevropaning eng oldi klubi “Real” turnirga yarim final bosqichidan qo‘shiladi. O‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov ayni paytda “Al-Jazira” sharafini himoya qilishi inobatga olinsa, unda “Real”ga raqib bo‘lish uchun imkoniyat bor.
Buning uchun “Al-Jazira” avvaliga Yangi Zelandiya klubini taslim qilishi, keyinroq OChL g‘olibini mag‘lub etishi kerak bo‘ladi.
Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida O‘zbekiston milliy termasi sardori Odil Ahmedov ham ishtirok etishi mumkin. Buning uchun Xitoyning “Shanxay SIPG” futbol klubi Osiyo Chempionlar Ligasida zafar quchishi kerak. Ayni paytda ular yarim finalga qadar yetib kelgan.
Izoh (0)