9-oktabr kuni 9:00 da Toshkentda Sharof Rashidov ko‘chasining Jasorat monumentidan Mustaqillik maydoniga olib chiqadigan qismi transport harakati uchun qaytadan ochildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgan yo‘lni qayta tiklash ishlari 3-oktabr kuni boshlangan edi. Avtomobillar va piyodalar uchun svetoforlar hozircha o‘rnatilmagan.
Izoh (0)