Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoyda o‘tkazilgan yirik antikorrupsion kampaniya davomida so‘nggi besh yil ichida qariyb 1,3 million nafar mansabdor partiya xodimlari jazolandi. Bu haqda XXR Kommunistik partiyasi markaziy komissiyasining bayonotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Xabar berilishicha, jazolanganlar orasida asosiy qismni past lavozimli mansabdorlar tashkil qilib, ulardan 648 ming nafari qishloq mansabdorlari hisoblanadi. Ular tomonidan sodir etilgan korrupsion jinoyatlar o‘ta yirik baholanmagan.

Asosiy tergov ishlari yuqori bo‘lmagan lavozim mansabdorlariga nisbatan olib borilgan bir vaqtda, so‘nggi 5 yilda Xitoy kommunistik partiyasining yuqori mansabli a’zolari korrupsiya jinoyatlar va partiya intizomini buzganlik uchun javobgarlikka tortilgan.

Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi besh yilda mamlakat bo‘yicha qariyb 155 mingta partiya tashkiloti tekshiruvdan o‘tkazilgan. Komissiya tergov uchun mansabdorlar jalb qilingan 65 mingdan ortiq korrupsion ishni sud instansiyalariga oshirgan.

Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha keng qamrovli kampaniya Si Szinpin XKP (2012-yil noyabr) va XXR raisligi (2013-yil mart) lavozmiga kelgach boshlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi