Gana poytaxti Akkra shahridagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan ikki portlash oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, 45 kishi jabrlandi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Uch kishi hodisa joyida halok bo‘lgan, qolgan uch jabrlanuvchi esa olgan kuyish jarohatlari oqibatida vafot etgan. Jabrlanuvchilar Akkradagi uchta kasalxonaga joylashtirilgan.Xabar berishlaricha, portlashlar oqibatida 20 dona avtomobil ham yonib ketgan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, portlash AYoQSh yonida taom tayyorlash vaqtida ochiq olovdan foydalanish oqibatida kelib chiqqan.
AYoQShga qo‘shni uylar aholisi va maktabdagi o‘quvchilar xavfsiz joyga ko‘chirilgan. Hodisa joyida qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar ish olib bormoqda.
Izoh (0)