Suriya armiyasi Mayadin shahridagi IShID jangarilarini o‘rab oldi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “RBK” xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Suriya qurolli kuchlari ittifoqchilar bilan birga Dayr-az-Zavrdagi frontlarga kirib borishni boshlagan. Shuningdek, Mayadin shahridagi IShID terrorchilari o‘rab olingan.
Mayadin IShID terrochilari nazorati ostida edi. Hukumat armiyasi 6-oktabrda shaharning g‘arbiy qismiga kirgan va IShID jangarilarining bunkerlarini egallab olgan. Suriya habiylari shahar bozori va IX asrda qurilgan Al-Rahba maqbarasini nazorat ostiga olgan. Ular Evfrat daryosining g‘arbiy qirg‘oqlarida joylashgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)