Nigeriya va Kosta-Rika termalarining JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘ldi.

Foto: Google Images

Kosta-Rika termasi o‘zining so‘nggi o‘yinida Gonduras bilan durang o‘ynadi. Oldinda faqatgina 1 ta tur qolgani inobatga olinsa, 3-o‘rindagi AQSh Kosta-Rikaga yeta olmaydigan bo‘ldi. Avvalroq Meksika vazifani birinchi bo‘lib uddalashga muvaffaq bo‘lgandi.

Foto: FotMob

AQSh esa Panama ustidan 4:0 hisobida zafar quchdi. Jamoa 11-oktabr kuni safarda Trinidad va Tobagoga qarshi maydonga tushadi. Mazkur mintaqada 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa qit’alararo pley-offda Avstraliya — Suriya to‘qnashuvi g‘olibi bo‘ladi.

Foto: Google Images

Nigeriya esa o‘z guruhida 13 ochko jamg‘arib, muddatidan oldinroq masalani hal qildi. Bu yo‘lda Zambiya 1:0 hisobida taslim qilindi.

Foto: FotMob

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar: Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika.