Toshkentning Qo‘yliq mavzesi tomon metro qurilishi boshlandi. Bu haqda Facebook’da “Tashkent stroitsya” guruhida xabar va fotosuratlar qoldirilgan.
Xabar berishlaricha, Qo‘yliq yo‘nalishi bo‘ylab quriladigan metro “O‘zbekiston” yo‘lining “Do‘stlik” bekatidan boshlanadi.
“Qurilish ishlari 2017-yilning oktabridan boshlandi. Metroning mazkur bo‘lagi, xuddi Sergelidagi kabi, yer ustidan — estakada shaklida bunyod etiladi”, — deyiladi xabarda.
Metroning Qo‘yliqqa olib boruvchi bo‘lagi halqa yo‘li bo‘ylab o‘tadi. Hozirda bu yerda estakada tayanchlari uchun poydevorlar qazilmoqda.
Izoh (0)