Bleacher Report futbolchilik faoliyatini davom ettirayotgan sportchilar orasidan o‘z terma jamoasi uchun eng ko‘p gol urganlarini saralab oldi.
Bu borada Portugaliya termasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu raqiblaridan yaqqol farq bilan o‘zib ketganini ko‘rish mumkin. Krishti vatani termasi uchun hozirgacha 78 ta gol urgan. Xususan, u JCh—2018 saralashining ortda qolgan 7 ta o‘yinida 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Robert Levandovski JCh—2018 saralashining 8 ta o‘yinida 15 ta gol urib, yevropalik futbolchilar orasida rekord o‘rnatdi. Shu bilan bir qatorda, “Bavariya” hujumchisining polshaliklar uchun urgan gollari naqd 50 taga yetdi.
Lionel Messi Argentina uchun hozirgacha 58 ta gol urgan. Uning jamoasi JCh—2018 saralashida 5-o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmayotgani kun mavzusi bo‘lib turibdi. Messidan oldinroqda esa ispaniyalik hujumchi David Vilya bor.
Izoh (0)