Oliy o‘quv yurtlariga yuqori kontrakt narxlari bo‘yicha talabalarni qabul qilish kvotalari 10-oktabrdan keyin e’lon qilinadi. Bu haqda, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tayanib, Uz24 xabar berdi.
Nizomiy nomidagi Toshkent Pedagogika universiteti vakillari kvotalar va kontrakt summalari 20-oktabr atrofida e’lon qilinishini tasdiqladi.
O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan 2017/2018-o‘quv yilidan kirish imtihonida yetarli ball to‘play olmaganlar yuqori kontrakt baholari bo‘yicha o‘qishga kirishi mumkin bo‘ladi. Qabul kvotalari miqdorini maxsus komissiya belgilaydi.
Qabul abituriyentlarning to‘plagan balli ketma-ketligiga qarab belgilanadi. Bunda abituriyent o‘tish ballini (68 balldan yuqori) to‘plagan bo‘lishi va kontraktni to‘lash imkoniga ega bo‘lishi talab etiladi.
Izoh (0)