O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 10 dan ortiq hujjat imzolandi

Oliy darajadagi O‘zbekiston – Qirg‘iziston muzokaralaridan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik, do‘stlik, ahil qo‘shnichilik va ishonchni mustahkamlash to‘g‘risida deklaratsiyani imzoladi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning turli sohalariga doir 10 dan ortiq hujjat imzolandi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing