AQSh Oyga yana astronavtlarni yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Shantilyidagi (Virginiya shtati) milliy kosmik kengash yig‘ilishida vitse-prezident Maykl Pens bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Biz astronavtlarimizni Oyga qaytaramiz, Mars va olis fazoda tadqiqotlar olib borishning asosini shunga quramiz”, — dedi u.
Amaldor bu ish qachon amalga oshirilishining aniq muddatlarini aytmadi.
Bundan tashqari, vitse-prezidentning so‘zlariga qaraganda, AQSh oldida Yer atrofi orbitasida boshqaruvdagi apparatlarning tijoriy faoliyatini yo‘lga qo‘yish vazifasi turibdi.
Izoh (0)