AQSh prezidenti Donald Trampning Puerto-Rikoning 74 milliard dollar miqdoridagi qarzidan voz kechilgani haqidagi so‘zlarini ko‘pchilik noto‘g‘ri tushundi. Bu haqda Oq Uy ma’muriy-budjet boshqarmasi direktori Mik Malveni CNN telekanaliga bergan intervyusida bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Bu so‘zlarni aynan shunaqa tushunmagan bo‘lardim, — dedi u, boshlovchining tegishli savoliga javob berarkan. — Hozirda biz sa’y-harakatlarimizni orolni qayta tiklashga qaratmoqchimiz”.
Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida yirik moliyaviy tashkilotlar “Mariya” to‘fonidan aziyat chekkan Puerto-Rikoning qarzidan voz kechishiga to‘g‘ri kelishini aytgan edi. Ammo uning bu so‘zlaridan aynan nima nazarda tutilgani noma’lumligicha qolgan edi.
Izoh (0)