Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukrainada siyosiy boshpana olish uchun so‘rov yo‘lladi. Bu haqda 3-oktabr kuni uning advokati Markiyan Galabala ma’lum qildi, deb xabar beradi “Ukrainskiye novosti”.
Uning so‘zlariga qaraganda, Saakashvili Ukraina fuqarosi bo‘lgani uchun gap aslida qo‘shimcha himoya taqdim etilishi haqida ketmoqda.
“Fuqaroga qo‘shimcha himoyaning va siyosiy boshpana taqdim etilishining so‘ralishi mohiyatan bir narsadir. Faqat odatda maishiy hayotda ko‘proq siyosiy boshpana so‘zi ishlatiladi”, — dedi yurist.
Advokatning so‘zlariga qaraganda, Davlat migratsiya xizmati hozircha Saakashvilining talabnomasiga javob bermadi, vaholanki, arizani ko‘rib chiqish muddati bir sutka qilib belgilangan.
Izoh (0)