Las-Vegasda ommaviy qotillik uyushtirgan 64 yoshli Stiven Peddokning xatti-harakatlarida taniqli xonanda Robbi Uilyams tomonidan 15 yil muqaddam kuylangan Me And My Monkey qo‘shig‘i bilan aloqadorlik topildi. Bu haqda Mirror gazetasi xabar bermoqda.
Bu kompozitsiyada britaniyalik ijrochi “orzusi va to‘pponchasi bor” maymun haqida kuylaydi. Lirik qahramon jonivor bilan Las-Vegasga yo‘l oladi va Mandalay Bay mehmonxonasining 33-xonasiga joylashadi.
“Mening maymunim to‘pponchani hech kimga qaratmaydi deb umid qilaman”, — deyiladi qo‘shiq matnida.
“Biz meksikaliklarni o‘ldirishni xohlamaymiz, ammo bizning o‘n barmog‘imiz qichimoqda”, — deyiladi qo‘shiqda.
Me And My Monkey kompozitsiyasi 2002-yilgi Escapology albomiga kirgan.
Eslatib o‘tamiz, Stiven Peddokning hujumi oqibatida 59 kishi halok bo‘ldi, 527 kishi jarohatlandi.
Izoh (0)