Niderlandiyaning RTV Noord telekanali muxbiri tovuqlarni ko‘paytirish bilan shug‘ullanuvchi fermerdan intervyu oldi. Suhbat davomida erkakning kulgisi parrandalarning qichqirig‘iga o‘xshashi ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi TJournal.
Muxbir intervyu boshidayoq suhbatdoshining his-tuyg‘ulariga e’tibor qaratgan, ammo o‘zini qo‘lga olgan holda kulgan. Biroq bir nechta tovuqlar fermerning kulgisiga “javob” qaytargach, jurnalist ham o‘zini ushlab tura olmadi.
Izoh (0)