GM Uzbekistan AQSh–O‘zbekiston qo‘shma korxonasi Rossiyada avtomobil yig‘ishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda 1News xabar bermoqda.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Nodir Otajonovning so‘zlariga qaraganda, hozir bu borada faol muzokaralar davom etmoqda.
“GM Uzbekistan avtomobillarini yig‘ishni Samara va Leningradda yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib borilmoqda. ‘O‘zavtosanoat’ korxonalari butlovchi detallarni UAZ guruhi ‘AvtoVAZ’ kompaniyasi konveyerlariga yetkazish yo‘lga qo‘yildi”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Bundan tashqari, joriy ili GM Uzbekistan, tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyevga ko‘ra, Rossiya bozoriga yetkazmalar hajmini ancha kengaytirdi.
GM Uzbekistan bugungi kunda o‘nga yaqin modeldagi avtomobillarni Asaka, Xorazm va Toshkentdagi ishlab chiqarish maydonlarida yo‘lga qo‘ygan. Bular Chevrolet va Ravon brendlari ostida chiqariladigan Matiz, Spark (R2), Nexia (R3), Cobalt (R4), Lacetti (Gentra), Captiva, Malibu, Orlando, Damas va Labo avtomobillaridir.
Izoh (0)