Chiqindixonada dam olayotgan ayiqning surati ijtimoiy tarmoqlarda virus tezligida tarqaldi. Surat muallifi chiqindixona yaqinidagi aholi punktida hamshira bo‘lib ishlovchi Mendi Stentik ismli ayol hisoblanadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
“Ayiqlar odatda chiqindixonalarda o‘zini juda faol tutadi. Biroq bu ayiq dam olish kayfiyatida bo‘lgan va divanga o‘tirib olgan”, — deb izoh bergan surat muallifi.
Xabarga ko‘ra, surat joriy yilning bahorida olingan, biroq endigina internetga joylangan.
Izoh (0)