Damashq markazida ro‘y bergan terakt oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Sabah gazetasiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Qurbonlar orasida huquq-tartibot xodimlari va tinch fuqarolar bor.
Aytilishicha, birinchi portlash al-Midan tumanida bevosita politsiyasi idorasi yaqinida ro‘y bergan — minalashtirilgan avtomobil havoga uchirilgan. Bir necha daqiqadan so‘ng ikki xudkush o‘zlarini portlatib yuborgan.
Hozircha biror guruh javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)