Ko‘plab namoyishchilar ko‘chaga tinch norozilik ramzi — chinnigul bilan chiqqan.
Politsiyani ovoz berish uchastkalariga o‘tkazmaslik uchun, ko‘pchilik qo‘lni qo‘lga berib, o‘tirib oldi.
Politsiya namoyishchilardan ovoz berish uchastkalari sifatida foydalanilgan maktablarni bo‘shatib qo‘yishni talab qildi.
San-Julian-de-Ramis munitsipalitetidagi ovoz berish uchastkalaridan biridagi politsiya xodimlari.
Ko‘plab ovoz berish uchastkalarida politsiya saylov urnalarini musodara qildi.
Kataloniya prezidenti Karles Puchdemon qo‘lda chinnigul bilan.
Ko‘plab uchastkalarda kataloniyaliklar politsiya kelguniga qadar ovoz berishga ulgurdi.
Sababi, ba’zi saylov uchastkalari baribir ochilmadi, boshqalari esa politsiya tomonidan yopib qo‘yildi, qolganlarida esa ovoz berishga kelganlar navbatda turdi.
Kataloniya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, politsiya va namoyishchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davomida 400 dan ziyod odam jarohatlangan.
Ovoz berish byulletenlarini ko‘tarib olgan katalonlar. Referendumni uyushtirish qiyinchiliklari sabab byulletenlarni hatto uy printerlarida chiqarib kelishga ham ruxsat berildi.
Izoh (0)