• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ispaniya hukumati Kataloniya mustaqilligi referendumini amalda yo‘qqa chiqardi: ba’zi saylov uchastkalari ochilmadi, boshqalariga politsiya bostirib kirdi

    Kataloniyada 1-oktabr kuni hududning Ispaniyadan mustaqilligi masalasida referendum o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Madridning hatto ovoz berish jarayonini to‘xtatishgacha bo‘lgan urinishlariga qaramay, ko‘plab saylov uchastkalari baribir ochildi, lekin ovoz berish jarayonini maksimal darajada soddalashtirishga to‘g‘ri keldi — shu sababli ham referendum qanchalik ko‘rgazmali maqom olishi hozircha noaniq. Ko‘plab ovoz berish uchastkalariga politsiya bostirib kirib, byulleten uchun mo‘ljallangan urnalarni olib qo‘ydi. Barselonaning turli nuqtalarida va Kataloniyaning boshqa shaharlarida tartibsiz namoyishlar boshlandi, politsiya ularni rezina o‘qlar bilan tarqatishga kirishdi.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    1-oktabr referendumi Ispaniya hukumatining uni to‘xtatishga bo‘lgan urinishlariga qaramay boshlandi. 20-sentabrdayoq Kataloniyada Ispaniya Konstitutsiyaviy sudi tomonidan noqonuniy deb topilgan referendumni uyushtirishga aloqadorlarni qo‘lga olish va tintuv qilish ishlari bo‘lib o‘tgan edi. Mahalliy politsiya (Mossos) saylov uchastkalarining ochilishiga yo‘l qo‘ymasligi va maktablarda byulleten va urnalarni olib qo‘yishi kerak edi. Buning oldini olish uchun faollar tunda uchastkalar oldiga kelib, politsiyachilarni shunchaki ichkariga kiritmadi — ular ham kirishga qat’iy uringani yo‘q. Natijada, Kataloniya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan 9:00 da (Toshkent vaqti bilan 10:00 da) saylov uchastkalarining 73 foizi ochildi.

    https://twitter.com/sextaNoticias/status/914329950903205888

    So‘nggi lahzada ovoz berish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Ovoz berish uchastkalari ochilishiga bir soat qolganida, barcha saylov komissiyalari ishga kirisha olmagani sababli, istalgan kataloniyalik istalgan saylov uchastkasida ovoz berishi mumkinligi e’lon qilindi. Takroriy ovoz berishning oldini olish maqsadida “umumiy ro‘yxatga olish” tizimi ishga tushirildi: byulleten berishdan avval komissiya ma’lumotlar bazasi orqali saylovchining ovoz bergan-bermaganligini aniqlab olishi zarur edi. Ovoz berish boshlanganidan bir soat o‘tib Ispaniya Ichki ishlar vazirligi bu ma’lumotlar bazasining serverini hamda barcha saylov uchastkalaridagi internetni uzib qo‘ydi.

    https://twitter.com/interiorgob/status/914414612585619456

    Ovoz berish jarayoni uchun himoya darajasiga ega bo‘lmagan byulletenlarni ham qabul qilish boshlandi — odamlar uyidagi printeri orqali chiqarib olgan qog‘oz yordamida ham ovoz berishi mumkin bo‘ldi. Ularni Ispaniya uchun odatiy bo‘lgan va saylov sirini ta’minlaydigan konvertlarsiz urnaga tashlash mumkin edi. Rasmiy Madrid bularning bari demokratiyaga hech bir aloqasi bo‘lmagan “saylov sharmandagarchili” deb atadi. Mobil telefon raqami orqali elektron ovoz berishni yo‘lga qo‘yishga urinib ko‘rildi, biroq maxsus sayt yarim soatdan ko‘p ishlamadi.

    https://twitter.com/policia/status/914423149814599680

    Ovoz berish uchastkalarini yopish uchun Milliy politsiya va Fuqarolik gvardiyasi kuchlari jalb etildi. Ular binolarga bostirib kirib, saylov urnalari va byulletenlarini olib qo‘ydi. Namoyishchilarga qarshi, jumladan, rezina o‘qlar ham qo‘llanildi; dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 337 kishi jabrlangan, yana 9 politsiyachi va ikki gvardiyachi ham jarohat olgan. Ispaniya IIV ijtimoiy tarmoqlar #EstamosporTi (ispanchasiga: “Biz sen tomondamiz”) nomli kampaniya boshladi. O‘z navbatida, prokuratura Mossosning harakatlari yuzasidan tekshiruv qo‘zg‘adi — idoraning fikricha, Kataloniya politsiyachilari uchastkalarini yopib qo‘yish haqidagi ko‘rsatmani bajarmagan va gvardiyaga yetarlicha yordam ko‘rsatmayapti.

    Madridda ketma-ket ikkinchi kun referendumga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Ovoz berish arafasida, 30-sentabr kuni poytaxt markazida 10 mingga yaqin odam to‘plandi. Ular orasida fashistik shiorlarni ko‘targan millatchilar ham bor edi. Namoyishlar referendum boshlangan 1-oktabr kuni ham davom etdi, yig‘ilganlar “Konstitutsiyaga amal qiling” va “Kataloniya ham Ispaniya” deb hayqirdi.

    Kataloniya ma’muriyati Madridning harakatlarini qatag‘onning yangi to‘lqini deb atadi va ularni generallissimus Fransisko Franko davri bilan taqqosladi. Referendumda “Barselona”ning bir qator amaldagi va sobiq futbolchilari ovoz berdi, klubning o‘zi esa 1-oktabrga belgilangan “Las-Palmas”ga qarshi Ispaniya chempionati o‘yinini bekor qilishga ham tayyor edi (raqib jamoa mamlakat yaxlitligi belgisi sifatida o‘z libosiga Ispaniya bayroqlarini tiktirib olgandi; biroq o‘yinning bekor qilinishiga Ispaniya ligasi ruxsat bermadi). “Qo‘rqoq bosh vazir Mariano Rahoy shahrimizni politsiya bilan to‘ldirdi. Barselona — tinchlik shahri, u sendan qo‘rqmaydi”, — dedi Barselona meri Ada Kolau. Kataloniyalarning “xotirjam ovoz berishlari” uchun imkon taqdim etish kerakligi haqida Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Sterjen ham gapirdi (uning o‘zi ham Britaniyadan mustaqil bo‘lish bo‘yicha shunday referendum o‘tkazish niyatida).

    01.10.2017, 20:03   Izoh (0)   61520
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Madridda Kataloniya mustaqilligiga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi. Basklar o‘lkasi esa katalonlarni qo‘llab-quvvatladi

    01.10.2017, 19:53

    Kataloniyada politsiya bilan to‘qnashuvlar oqibatida 337 kishi jabrlandi

    01.10.2017, 19:11

    Video: Politsiya Kataloniyadagi referendum qatnashchilarini do‘pposlamoqda

    01.10.2017, 18:52

    Marselda noma’lum shaxs o‘tkinchilarga pichoq bilan hujum qildi. Ikki kishi halok bo‘ldi

    01.10.2017, 18:28

    Kataloniyadagi mustaqillik referendumi davomida 11 politsiyachi jarohatlandi

    01.10.2017, 18:09

    Kataloniya hukumati politsiya bilan to‘qnashuvlarda 38 kishi jabrlanganini ma’lum qildi

    01.10.2017, 17:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.