Tarmoqda Xiaomi’ning hali taqdim etilmagan Redmi Note 5 flagman smartfoni fotolari paydo bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Gadjet korpusi metalldan tayyorlanadi. Orqa panelida barmoq izlari skaneri joylashadi.
Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydigan gadjet 5,5 dyumli FullHD displeyi, Snapdragon 660 yoki Helio P25 chipi, hajmi 3 yoki 4 gigabaytli tezkor, 32 dan 64 gigabaytgacha asosiy xotira bilan jihozlanadi.
Smartfonning qo‘shaloq kamerasi 13, frontal kamerasi esa 12 megapikselga ega bo‘ladi.
Izoh (0)