Shimoliy Kipr universiteti tizim administratori Ilker Dagli mahalliy Innovatsiya va axborot texnologiyalari markazi bilan hamkorlikda NetValve vodoprovod jo‘mragi (ventil)ni yaratdi, uning yordamida internet tezligini boshqarish mumkin (uning o‘tkazuvchanlik qobiliyati doirasida), deb yozadi TJournal.
Dagli oddiy metall klapanni o‘rnatilgan operatsion tizimda ishlovchi bir platoli kompyuterga uladi va tarmoqni boshqaruvchi dasturiy ta’minotni ishlab chiqdi. Jo‘mrakni chapga burash orqali o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, o‘ngga burash orqali esa — kamaytirish mumkin.
Indiegogo saytida Dagli qurilmani ommaviy ishlab chiqarish uchun mablag‘ yig‘ish bo‘yicha sahifa yaratdi. NetValve narxi 79 dollarni tashkil etadi.
Izoh (0)