Rossiya Mudofaa vazirligi mamlakat Havo-kosmik kuchlari zarbalari oqibatida Suriyaning Idlib viloyatida 150 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lganligi haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi. Bu haqda boshqarma vakili general-mayor Igor Konashenkov ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Aviazarbalar qurbonlari haqida avvalroq Reuters agentligi xabar qilgan edi. Konashenkov Rossiya samolyotlari tinch aholi orasida qurbonlar oldini olish uchun aholi punktlaridagi turar-joy kvartallariga zarbalar bermasligini ta’kidlab o‘tdi.
“Go‘yoki qurbon bo‘lgan tinch aholi haqida xabar berayotgan Britaniyaning Reuters agentligi havola berayotgan Suriyaning ‘Fuqarolik mudofaasi’ bu o‘sha ‘Oq kaskalar’dir ”, — deydi Mudofaa vazirligi vakili.
Igor Konashenkov Rossiya Havo-kosmik kuchlarining nishonlari uchuvchisiz uchar qurilmalar yordamida aniqlangan va albatta boshqa kanallar bo‘yicha tasdiqlangan terrorchilar bazalari, bronetexnika va o‘q-dori omborlari ekanligini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)