2017-yili Rossiya millionerlar sonining oshishi bo‘yicha jahonda eng yaxshi natija ko‘rsatdi. Bu haqda Capgemini kompaniyasi tayyorlagan World Wealth Report yillik hisobotida aytildi, deb xabar beradi Meduza.
Bir yil ichida Rossiyaning kamida bir million dollar boylikka ega fuqarolari soni 19,7 foizga oshdi. Jahon bo‘yicha bu ko‘rsatkich o‘rtacha 7,5 foizga teng.
Shu bilan birga, Rossiyada millioner fuqarolar soni uncha katta emas — 182 ming kishi atrofida. AQShda ularning soni 4,8 million kishiga, Germaniyada — 1,3 million kishiga, Xitoyda — 1,2 million kishiga teng.
Izoh (0)