Ukraina qurolli kuchlari snayperlari mamlakat mudofaa vazirligi tomonidan ma’qullangan individual niqoblovchi kiyim-boshga ega bo‘ladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Uning asosiy jihati chuqur o‘ylab ko‘rilgani va niqoblanish uchun katta imkoniyatlarga egaligi hisoblanadi. Konstruksiya harakatlar erkinligini ta’minlaydi, kishi qomatini yashiradi, kiyim tariqasida foydalanish imkonini beradi.
Kiyimning deyarli butun yuzasi bo‘ylab qo‘yilgan vazifalar, hudud va ob-havo sharoitlaridan kelib chiqib, o‘zini niqoblashga yordam beradigan to‘r joylashtirilgan.
Yangi to‘plam kurtka, shim va to‘rli qalpoqdan iborat.
Izoh (0)