Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Saudiya Arabistoni ta’lim vazirining o‘quv dasturlari masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Muhammad bin Attiya Al Haritiy katta sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan tarix darsligida magistr Yoda tasvirlangani tufayli ishdan bo‘shatildi, deb yozadi Gulf News.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

Mamlakat ta’lim vaziri, shuningdek, kitobni o‘qib chiqqan va tahrirlaganlarni ham o‘z lavozimlaridan bo‘shatish haqida qaror chiqardi.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonida maktab darsliklaridan birida qirol Faysal “Yulduzlar jangi” personaji Yoda bilan birga aks etgan surat aniqlangan edi. Suratda Yoda Saudiyaning uchinchi qiroli 1945-yilda BMT Ustavini imzolayotgan paytda uning yonida turibdi. Rasmni saudiyalik rassom Shaviish yaratgan, ammo u o‘zining asari qanday qilib darslikka tushib qolganini bilmasligini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Lenin bilan uchrashgan Gerbert Uells, arab davlatlari va Isroil o‘rtasidagi “Oxirzamon urushi” va rus generalining harbiy gospitaldan quvilishi. Kun xronologiyasid...
Dunyo
Ramzan Qodirovga general-polkovnik unvoni berildi
Mahalliy
O‘zbekistonda 8 ta yangi yo‘nalishda temiryo‘l qatnovlari tashkil etilib, 34 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilinadi