• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Alabamadagi paxta yetishtiruvchi dehqonlarni boy qilgan qo‘ng‘iz haqida

    AQSh safari xotiralari bilan o‘rtoqlashgan “Daryo” jurnalisti Azizbek Abduvaliyev oddiy bir zararkunda hasharot kishilar farovonligiga sababchi bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi.

    O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi bilan bog‘liq bahs-munozaralarni kuzatib, bundan ancha avvalgi chet el safari bilan bog‘liq xotiralar yodga keldi.

    2003-yilda “Ochiq dunyo” dasturi doirasida AQShda bo‘lish nasib etgan edi. Uch-to‘rt kun poytaxt Vashingtonda turib, so‘ng Amerika hayoti bilan yaqinroq tanishish maqsadida turli shtatlarga tarqalib ketdik. Menga Alabama shtati “nasib” etdi. Bu shtatning ikkinchi nomi “cotton state”, ya’ni “paxta shtati” ekan.

    Dastlab qanchalik hafsalam pir bo‘lganini tasavvur etishingiz mumkin: delegatsiyamiz a’zolaridan kimdir Los-Anjelesga, yana kimdir Sietlga yo‘l olgandi. Keyinchalik bunga ko‘nikib, istiqomat qilish chekimga tushgan shtatdagi boshqa joylarda uchramaydigan jihatlarni qidirdim.

    Men yashagan Xantsvill shahrida NASA koinot parvozlarini boshqarish markazlaridan biri joylashgan bo‘lib, AQSh astronavtlarini 1969-yilda Oyga eltgan raketa shu yerda tayyorlangan ekan. Mamlakatdagi ko‘hna o‘quv yurtlaridan biri — 1831-yilda faoliyatini boshlagan Alabama universitetida AQSh konstitutsiyasi haqida ma’ruzalar tingladim.

    Shtatning Enterprayz shahrida esa dunyoda qishloq xo‘jaligi zararkunandasiga atalgan yagona yodgorlik — uzuntumshuq qo‘ng‘izga haykal o‘rnatilgan ekan.

    Uzoq vaqt davomida shtatda asosiy ekin turi bo‘lgan paxta dalalariga 1915-yili shu zararkunanda tushib, uni yetishtirayotgan fermerlarni xonavayron qiladi. Holat qayta-qayta takrorlanavergach, ular paxta yetishtirishni tashlab, chorvachilikka zo‘r beradi. Yem-xashak, kartoshka, makkajo‘xori, yeryong‘oq yetishtirish bilan shug‘ullana boshlaydi. Bu paxta ekishga nisbatan ancha foydali bo‘lib chiqadi va shu paytgacha boshqa ekin haqida o‘ylamagan fermerlar boyib ketadi.

    Ular 1919-yilda qo‘ng‘iz sharafiga mashhur Ozodlik haykalinining kichraytirilgan nusxasiga o‘xshash yodgorlik o‘rnatadi. Farqi — haykalning boshida toji yo‘q, qo‘lida esa mash’ala o‘rniga qo‘ng‘izni tutib olgan. Haykalga “Farovonligimizga yo‘l ko‘rsatgan paxta zararkunadasiga minnatdorlik ramzi sifatida” degan so‘zlar bitilgan.

    Shtatda paxta shu bilan unutilgani yo‘q — Alabama hozir ham paxta yetishtirish bo‘yicha dunyoda yetakchilardan bo‘lgan AQShning “ishongan tog‘i”. Faqat fermerlar va hukumat yuz bergan holatlardan kerakli xulosa chiqardi.

    Alabamadagi ko‘plab yirik fermerlarning shaxsiy paxta zavodlari bor, bunga qurbi yetmaganlari ham o‘zaro uyushib, birgalikda shunday zavodlar quradi. Plantatsiyalarda paxtani asosan mashinalar teradi, “hashar”ga esa yollanma ishchilar jalb etiladi.

    AQSh hukumati paxta yetishtiruvchilarga milliardlab dollar subsidiyalar beradi. Shu tariqa, bir o‘q bilan ikki quyon uriladi: fermerlar qo‘llab-quvvatlanishidan tashqari paxtaning jahon narxlariga ta’sir o‘tkazish imkoni tug‘iladi.

    27.09.2017, 08:02   Izoh (0)   77077
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bolaga zarar yetkazmasin: maktab sumkasini qanday tanlash kerak?

    Maslahatlar | 11 avgust, 19:55

    Qoraqalpog‘istonda fuqaro harakatdagi mashina ustida raqsga tushdi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 19:40

    Tramp Obama va Bushlarning portretlarini Oq uyning yopiq qismiga ko‘chirdi

    Dunyo | 11 avgust, 19:28

    O‘zbekistondagi barcha korxona va tashkilotlar soni maʼlum qilindi

    Iqtisodiyot | 11 avgust, 19:15

    Rodrigo “Manchester Siti”ga o‘tishi mumkin — Romano

    Sport | 11 avgust, 19:09

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 11 avgust, 18:00

    Angliyada shifokorlar 14 yoshli qizning oshqozonidan “qovun hajmidagi” soch to‘plamini olib tashladi

    Dunyo | 11 avgust, 19:00

    Koreyalik olimlar qarish kasallik ekanini aniqladi va uni sekinlashtirish mumkinligini aytmoqda

    Salomatlik | 11 avgust, 18:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.