26–27-sentabr kunlari Toshkentda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekistonning oliy va kasb-hunar ta’limi bo‘yicha mutaxassislari uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuvda ta’lim sifatini ta’minlash, akkreditatsiya va milliy kvalifikatsion talablar singari masalalar muhokama qilinadi, deb xabar beradi UzDaily.
Tadbir Yevroittifoq tomonidan moliyalashtirilayotgan “Markaziy Osiyo ta’lim platformasi” dasturi tomonidan O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, shuningdek, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiya tomonidan tashkil etildi. U mintaqada tashkil etilgan shu turdagi tadbirlarning davomi hisoblanadi. Tegishli tadbirlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda o‘tkazib bo‘lindi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad Yevroittifoq bilan tajriba almashish yo‘li bilan mintaqada ta’lim sohasining professionallashuvi va modernizatsiyasini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
Uchrashuvning birinchi kunida asosiy e’tibor milliy kvalifikatsion me’yorlar masalasiga qaratildi. Ishtirokchilar O‘zbekiston, Polsha, Latviya va Ruminiyadagi vaziyatni qiyoslab, muhokama qiladi.
Ikkinchi kun sifat va akkreditatsiyani ta’minlash masalalariga bag‘ishlanadi.
Izoh (0)