Rossiya mudofaa vazirligi Suriyada Tu-95MS strategik bombardimonchilari terrorchilar ustiga qanotli raketalar tashlashi aks etgan videoni e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Videorolik harbiy idoraning Twitter’dagi rasmiy akkauntida joylashtirildi.
Rossiyadagi “Engels” aerodromidan uchib chiqqan bombardimonchilar Eron va Iroq ustidan uchib o‘tdi. Ular 26-sentabr kuni Suriya hududiga yetib kelib, razvedka ma’lumotlari asosida aniqlangan IShID va “Jabhat an-Nusra”ning eng muhim obyektlariga X-101 qanotli raketalarini tashladi.
Operatsiya Dayr az-Zavr va Idlib viloyatlarida amalga oshirildi. Barcha nishonlar yo‘q qilindi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)