Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qozog‘iston Senati raisi Qasim-Jo‘mart To‘qayev boshchiligidagi Qozog‘iston delegatsiyasi 25-sentabr kuni Samarqand shahriga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Senati axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Wikipedia

Foto: Wikipedia

Mehmonlarni Samarqand xalqaro aeroportida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Turobjon Jo‘rayev kutib olgan.

Delegatsiya a’zolari Hazrati Xizr majmuasida bo‘lgan, O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirgan.

Qasim-Jo‘mart To‘qayev boshchiligidagi Qozog‘iston delegatsiyasi Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasiga ham tashrif buyurgan. “O‘tganlar xotirasi yod etilib, Qur’on tilovat qilindi”, — deyiladi Senat axborotida.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, rasmiy tashrif dasturidan O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasida parlamentlararo hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazish o‘rin olgan.

“Qozog‘iston delegatsiyasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda”, — deyiladi TIV axborotida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi