25-sentabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Toshkentda O‘zbekiston – Tatariston biznes-forumi doirasida savdo, sog‘liqni saqlash, turizm va axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlik yuzasidan hujjatlar imzolandi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Forumda ishtirok etish uchun O‘zbekiston poytaxtiga Tataristonning ellikka yaqin iqtisodiy korxonalari vakillari tashrif buyurdi. Respublika delegatsiyasiga Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov boshchilik qildi.
Mehmonlarni qutlar ekan, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibrohimov Tatariston bilan tovar aylanmasini 2–3 barobarga oshirish rejalari haqida gapirdi.
Shuningdek, u Tatariston O‘zbekistondagi elektr va gidroenergetika obyektlari qurilishi hamda modernizatsiyasida ishtirok etishni rejalashtirganini bildirib o‘tdi.
Forum doirasida tomonlar imzolagan hujjatlar orasida O‘zbekiston va Tatariston sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida simulyatsion o‘quv markazi hamda O‘zbekiston – Tatariston simulyator robotlarini yaratish loyihasi bor.
Shuningdek, ikki mamlakat turistik idoralari ham kelishuv imzoladi. O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Tatariston axbrotlashtirish va aloqa vazirligi bilan hamkorlik va anglashuv memorandumini imzoladi. “O‘zfarmsanoat” kompaniyasi Sergo nomli zavod bilan maqsadlar memorandumini tasdiqladi.
Izoh (0)