Iroq vakillar kengashi — parlamenti ma’qullagan yangi qonun loyihasiga muvofiq, Kurdistonning mustaqilligi haqidagi referendumni tashkil etishda ishtirok etgan amaldorlar mansabidan chetlashtiriladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xususan, hujjat plebissit jarayoniga jalb qilingan amaldorlarga maosh to‘lashni to‘xtatish, ularni imtiyozlardan judo qilishni nazarda tutadi.
Parlamentdagi kurd partiyalari uning sessiyalariga boykot e’lon qilgan, shu bois majlislar ularning ishtirokisiz o‘tmoqda.
Izoh (0)