Buyuk Britaniya politsiyasi London metropolitenining “Parsons-Grin” bekatida uyushtirilgan teraktga aloqadorlikda gumondor yettinchi shaxsni ushladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Skotlend-Yard bayonotiga ko‘ra, 20 yoshli yigit Kardiffda ushlangan. Uning shaxsiyati haqida hozircha hech qanday ma’lumot taqdim etilmadi.
Portlash 15-sentabr kuni amalga oshirilgan edi. Uning oqibatida 30 kishi jarohatlandi.
Izoh (0)